$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-noyabr voqealari

Qora 25-noyabr

Andijonda yuk mashinasi quvurga urilishi oqibatida minglab xonadon gazsiz qoldi

Bugun, 25-noyabr kuni tongda Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ulug‘nor tumani “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.

Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda ikki avtomobil to‘qnashishidan yong‘in kelib chiqdi

Toshkentda Spark yo‘l chetida turgan Cobalt’ga borib urilishidan ikki mashina qisman yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 24-noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotgani to’g’risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Alimentdan qochib yurgan ota hiyla bilan qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 2 nafar farzandlariga 75,4 mln. so‘m aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga qidiruv e’lon qilingan edi.

Mazkur ijro yuzasidan Qo‘qon shahar bo‘limi davlat ijrochilari bilan hamkorlikda sobiq xotini N.S. hiyla ishlatdi: qarzdor eriga telefon qilib, farzandi og‘ir holatda ekanligi va unga qon quyish kerakligini, ammo unga faqat otasining qoni tushishini aytdi.

Fuqaro D.A. shunda ham pul yo‘qligini va u Toshkentda ekanligini, hattoki yetib borishga yo‘l kirasi yo‘qligini vaj qiladi.

Shunda davlat ijrochilari Toshkentda qarzdorning manziliga uni olib kelishi uchun mashina jo‘natishadi. U to‘g‘ri qon quyish markaziga keltirilgan va zudlik bilan qo‘lga olingan.

Toshkentda ikra va dengiz mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paydi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizil ikra, dengiz mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda firibgarlik qurboniga aylangan isteʼmolchilarning xabarlari tarqaldi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, bu navbatdagi firibgarlik sxemasi.

“Siz arzon mahsulotlar haqidagi reklamaga duch kelasiz. Ushbu reklama sizni mahsulotni hamyonbop narxlarda sotib olishni taklif qiluvchi Telegram-kanallariga yo‘naltiradi. Hamma narsa juda ishonarli ko‘rinadi. Siz buyurtma berasiz va pul o‘tkazasiz. Oxirida pulsiz va tovarsiz qolasiz. Sotuvchilar yozishmalarni o‘chirib tashlab, g‘oyib bo‘lishadi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

IIBB fuqarolarni tovarlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmasdan, begona shaxslarga pul o‘tkazmaslikka, ishonchli yetkazib beruvchilardan xarid qilishga chaqirdi.

Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryoning Kitob tumanida ruhiy nosog‘lom erkak ayoli va yoshga to‘lmagan farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, qotillik 24-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Kitob tumanidagi qishloqlarning birida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan erkak shu kuni soat 13:00 larda yashash xonadonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1996-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda 2024-yil yanvarida tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u uyining xo‘jalik binosida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Теги :
Jamiyat