$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-noyabr voqealari

Qora 23-noyabr

Toshkentda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:33 da (Grinvich bo‘yicha 08:33 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlikni tashkil qiladi. Zilzila magnitudasi М=5,3 ga teng.

Shuningdek, zilzila episentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda joylashgani xabar qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzila quyidagi hududlarda sezildi:

·       Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 98 km.

·       Andijon viloyatida 2 ball, 151 km.

·       Namangan viloyatida 2 ball, 167 km.

·       Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.

Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar M.B va S.K. o‘zaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini o‘tkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Fayzabod" MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlangan.

Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi

Internetda 2005-yilda tug‘ilgan yigit va 2008-yilda tug‘ilgan qizning 1 yoshli egizak farzandlari borligi haqidagi videorolik tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan surishtirov olib bordi. “Ma’lum bo‘lishicha, rolikda o‘zini 2005-yilda tug‘ilganini aytgan yigit aslida 2003-yilda, 2008-yilda tug‘ilganini aytgan qiz esa 2005-yilda tug‘ilgan bo‘lib chiqdi. Holat tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi va ayni paytda rolik tarmoqlardan o‘chirildi. Yoshlari haqida kuzatuvchilarga noto‘g‘ri ma’lumot bergan er-xotin esa ogohlantirildi”, - deydi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

Toshkentdagi “roddom”da shifokorlar yordam bermagani uchun chaqaloq o‘lik tug‘ilgani aytilmoqda

Chilonzor tumani Qatortol mavzesidagi 7-son tug‘uruq kompleksida shifokorlar e’tiborsizligi oqibatida yuragi sog‘lom urayotgan bola o‘lik tug‘ilgani haqida murojaat kelib tushdi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

“19 noyabr kuni kelinimdan suv ketib qoldi. “Roddom”ga kelganimizda hech qanday yordam berishmadi. Yordam beringlar desak, nimaga vahima qilyapsizlar deb bizni urishib berishdi. Oradan bir kun o‘tganidan keyin homilador kelinimni tekshirib, kelin ham, chaqaloq ham yaxshi ekanini aytishdi. Suv ketishiga qaramasdan tug‘ishi uchun hech narsa qilishmadi. Nega ekanini bilmayman, kelinimga tug‘ishidan oldin “Seftriakson” ukolini ham qilishgan”, deydi murojaatchi.

Kelinning yaqinlariga ko‘ra, ayol tug‘uruq davriga qadar doimiy shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Bolada qandaydir nuqson borligi aytilmagan.

“Kelinimiz sog‘lom edi. Bola ham yaxshiligini aytishgandi. “Roddom”dagi shifokorlarning bee’tiborligi sababli bola o‘lik tug‘ildi”, deydi murojaatchi.

Теги :
Jamiyat