$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-noyabr voqealari

Qora 21-noyabr

 Toshkentda suvdan erkak kishining jasadi topildi

20-noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 4-GESdan uncha uzoq boʻlmagan joyda erkak kishining jasadi topildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

“2024-yil 12-noyabr kuni fuqaro S.Hasanov 102 raqamiga xabar berib, Toshkent shahar Chilonzor tumani Beshag‘och ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanaliga rus millatiga mansub erkak cho‘kib ketganligi haqida xabar bergan”, — deyiladi xabarda.

Tezkor-tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari voqea joyiga borib, jasadni qidirishga kirishgan. Tergovgacha bo‘lgan hujjatlar to‘plangan.

FVV qutqaruvchilari 5 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni olib chiqdi

Bugun, 21-noyabr kuni soat 14:31 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Yakka tut” mahallasidagi uylarning biri hovlisidagi hojatxona uchun qazilgan taxminan 5 metrli chuqurlikka o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaro tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar nazorati ostida.

Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklandi

Mahalliy vaqt bilan soat 17:02 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirildi.

Qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo’lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSH dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat