$
 12844.00
18.99
 13550.42
-1.77
 128.30
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-noyabr voqealari

Qora 20-noyabr

Jizzaxda bir oilaning ikki qizi YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 18-noyabr kuni soat 19:30 larda Jizzax viloyati Baxmal tumani hududidan o‘tgan. “G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin” 4R-41 yo‘lining 29-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB YHXX bergan ma’lumotga ko‘ra, Baxmal tumani Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.O “Cobalt” rusumli avtoulovini O‘smat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar – 2011-yilda tug‘ilgan I.M. va uning singlisi 2020 yilda tug‘ilgan I.K. larni urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda Zeekr va Onix to‘qnashdi

Kecha, 19-noyabr kuni soat taxminan 20:45 larda Chilonzor tumani KHAY ko‘chasi Soliq kollej qarshisida YTH sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, haydovchilar 2001-yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvidagi Zeekr hamda 2003-yilda tug‘ilgan B.F. boshqaruvidagi Onix transport vositalari to‘qnashgan.

Natijada Onix yo‘lovchisiga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qashqadaryodagi manzil-koloniyada tok urgan mahkum vafot etgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan manzil-koloniyada tok urgan mahkum vafot etgan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, mahkum kecha 19-noyabr kuni hayotdan ko‘z yumgan. 

“Marhum qilgan jinoyati uchun Muborak tumanidagi 33-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgandi. Biroz avvalroq uni tok urgan. Shundan so‘ng shifoxonaga olib borishgan. U yerda mahkumda OITS ham borligi ma’lum bo‘lgan. Mahkum 19-noyabr kuni vafot etdi, deydi manba. 

Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida faoliyat yurituvchi “Ch.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va ishchisi D.J. korxona savdo do‘konida 11 turdagi qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan jami 2 492 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat