$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-noyabr voqealari

Qora 19-noyabr

 Toshkentda qo‘shmachiga “tanka” bo‘lishga uringan IIB mansabdori 1500 dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 4-sonli IIB boshlig‘i o‘rinbosari fohishaxona tashkil qilgan ayolga himoyachi bo‘lishga, uni tuman hududida fohishaxona tashkil qilgani uchun javobgar qilmaslikka va’da berdi. Evaziga esa har oy 1500 dollardan ulush olib turishini ma’lum qildi. IIB mansabdorining bu qilmishi sudda ko‘rib chiqildi.

Sud IIB mansabdorining qilmishini ko‘rib chiqib, uni aybdor deb topdi va uni ikki yil huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilib, shuncha muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yengil mashina va avtobus o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hodisa 19-noyabr kuni soat 06:40 atrofida Bunyodkor-Qatortol 2 ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.

Haydovchi Q.M. boshqaruvida bo‘lgan 171-conli yo‘lovchi avtobus 2-darajali yo‘li bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida Lacetti haydovchisi M.Sh. asosiy yo‘lda svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan avtobusga yo‘l bermasdan uning yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashgan.

Buxoroda inspeksiyadan qochgan “daraxtxo‘r”lar ushlandi

Buxoro viloyatining Romitan va Olot tumanida olib borilgan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining reyd tadbirlarida daraxtlarni noqonuniy kesib ketish holatlari aniqlandi.

Tadbirlar yakuniga ko‘ra, Romitan tumanida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 2 nafar fuqaroga 18,7 mln. so‘m jarima belgilandi hamda tabiatga 6,2 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi (jami 24,9 mln. so‘m).

Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha esa fuqaro M.A. ga 9,4 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda tabiatga 5,2 mln. so‘m zarar yetkazilganligi (jami 14,6 mln. so‘m) aniqlandi.

Ayni paytda bu kabi reyd tadbirlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Namangan viloyatida ota-bolalar is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat kecha, 18 noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani “Iskovut” MFY Qoʻrgʻontepa koʻchasida sodir boʻlgan.

1988 yilda tugʻilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014 yilda tugʻilgan O.A. hamda 2010 yilda tugʻilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun oʻrnatilgan, qoʻlbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Shuningdek, erkakning turmush oʻrtogʻi G.M. is gazidan zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.

Теги :
Jamiyat