$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-noyabr voqealari

Qora 18-noyabr

Toshkent teleminorasi qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi

Joriy yilning 17-noyabr kuni soat 21:30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Toshkent teleminorasi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi N.S. boshqaruvidagi Toyota rusumli, O.Sh. boshqaruvidagi Malibu-2 hamda A.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Malibu transport vositasining yo‘lovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qashqadaryoda Isuzu qo‘ylar podasini urib yubordi

Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati holat noyabr oyida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

17-noyabr kuni soat 05:00 larda Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor—Samarqand avtomobil yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.

Elektron tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsluotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan T.S. 400 dona “Ibull” nomli elektron tamaki mahsulotini va elektron tamaki batareykalarini o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati, Angren shahriga olib ketayotgan vaqtida ushlangan va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in chiqdi

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Rasmiy xabarga ko‘ra, soat 14:06 da Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” MFY Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:21 da qurshab olingan va soat 14:24 da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentda ikki yo‘ltanlamas YTHga uchradi

Bugun, 18-noyabr kuni soat 08:40larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasi “Asalari uyushmasi” qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, haydovchi N.R. boshqaruvidagi Equinox rusumli hamda I.S. boshqaruvidagi Chevrolet Traverse rusumli transport vositalari to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida Chevrolet Traverse avtomobilidagi ikki nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd. so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd. so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi, deya xabar qildi “O‘zenergoinspeksiya”.

Inspeksiyaning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd. 92 mln. so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat