$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-noyabr voqealari

Qora 17-noyabr

Noqulay ob-havo tufayli Toshkent-Namangan-Jidda reysi Fargʻona aeroportiga yoʻnaltirildi

Toshkent — Namangan — Jidda yoʻnalishida parvoz qilayotgan “Centrum Air” aviakompaniyasining S3326 reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Fargʻona aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi.

Shuningdek, FlyNas aviakompaniyasining Jidda-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha KNE-675 reysi Olmaotadagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

1 mlrd. 523 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan korxona aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika hamda hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarining talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi “Ch.Z.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulab, jami 1 mlrd. 523 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 mln. soʻmining qoplanishi taʼminlandi.

Surxondaryoda Nexia maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bola vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 7 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12-noyabr kuni soat 8:00 da Bandixon tumani Chinor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida ro‘y bergan. 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia “Bandixon-Qiziriq” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurgan holda kesib o‘tayotgan 2017-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, bola tumandagi 9-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. YTH ortidan bola o‘qiydigan maktabda YHXB mutasaddilari, mahalla aholisi, vafot etgan bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSh dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahrilik 1989-yil tug‘ilgan ayol Beshariq tumaniga qarashli tergov bo‘limi surishtiruvchilariga murojaat qilib, jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olingan tanishini qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishi va ayblovni olib tashlashi uchun 3000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Xodimlar pora berish jinoyat ekanini bir necha bor tushuntirishiga qaramay ayol pora taklif qilishda davom etgani aytilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat