$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-noyabr voqealari

Qora 13-noyabr

 Navoiyda noqonuniy saksovul kesgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida saksovul tuplarini noqonuniy kesib, “UAZ” rusumli avtomashinada olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ekologiya inspektorlari tomonidan ushlandi.

Qoidabuzar tabiatga 5,25 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan va 14,6 million so‘m jarimaga tortilgan, deb xabar beradi viloyat Ekologiya boshqarmasi.

Hodisa Uchquduq tumanidagi “Shalxar” mahallasida sodir bo‘lgan.

Erkak 79-modda (O‘simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Toshkentda keliniga shahvoniy shilqimlik qilgan qaynota 5 sutkaga qamaldi

U mast holatda keliniga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, turli-xil uyatsizlar so‘zlar aytgan.

2024-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi va 194-moddasining 1-qismi bilan sudlanayotgan X.U.ga (erkak) oid sud ishi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, U.X. (ayol) IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, qaynotasi X.U. 2024-yil 10-noyabr kuni, mast holatda unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, turli-xil uyatsizlar so‘zlar ishlatganligi yuzasidan murojaat qilganligi haqida xabar berganligi sababli, holatga aniqlik kiritish maqsadida IIO xodimlari X.U.ni IIO FMB binosiga taklif qilingan. Shunda X.U. ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan tuman IIO FMB binosiga borishdan bosh torgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi X.U. MJtKning 411-moddasi 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Surxondaryo viloyatida tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi aniqlandi

“Ayritom” bojxona postida Surxondaryo bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yuk mashinasida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan fuqaro T.A. qo‘lga olindi.

Avtotransport vositasini rentgen tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida xodimlarda shubha paydo bo‘lgani bois chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida avtomashina saloniga yashirilgan 421 quti “Esse change” markali sigaretalar topildi.

Yana bir holatda, xuddi shu yuk mashinasining o‘rindiqlari orqasidan xuddi shu markadagi yana 300 quti sigaret topilgan.

Jizzaxda pirotexnika yashirilgan joy aniqlandi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Reyd davomida fuqarolardan birining avval nazorat qilingan uyi ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, maxsus karton qutilarga yashirilgan 138 dona pirotexnika mahsuloti aniqlandi.

Topilgan barcha pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida olinib, ayni paytda bojxona organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat