$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 12-noyabr voqealari

Qora 12-noyabr

 Namanganda Damas poyezd bilan to‘qnashdi: qurbon bor

Joriy yilning 9-noyabr kuni soat 19:00 atrofida Namangan viloyati IIB JXX YHXB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 10:20 atrofida Uychi-Chortoq temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 1961- yilda tug‘ilgan haydovchi Damas avtomashinasini boshqarib borayotgan vaqtida kesishmadagi to‘xtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan Teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.

Hodisa natijasida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Lacetti rusumli transport vositasi yonib ketdi.

2024-yilning 12-noyabr kuni soat 08:40 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasi 2-uy qarshisida Lacetti rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayolning murdasi Qorasuv kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro O.X. (ayol) bir necha kun avval uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. Uning turmush o‘rtog‘i 6-noyabr kuni tuman IIB boshlig‘iga ariza yozib, ayolini qidirishda yordam so‘ragan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi 10-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor shaharchasi Ma’rifat mahallasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan topilgan.

Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga ishga qabul qilishi evaziga o‘z xizmat xonasida kadrlar bo‘limi boshlig‘idan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Chegarada tanasiga dorilar yashirib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, fuqaro o‘z tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 199 dona “Anaferon” nomli dori vositalarini borligi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat