$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-noyabr voqealari

Qora 10-noyabr

 Yuk avtomobilida pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlandi

2024-yil 9-noyabr kuni soat 18:30larda “Chinor” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan A.N. boshqaruvidagi “Man” rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasida 36 ta “Volk”, 35 ta “Samarkand”, 48 tadan “Britanik” hamda “Treniya” va 38 ta “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi A.N. va aniqlangan pirotexnika vositalari Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.

Buxorodan uchgan samolyot Moskva osmonida dronlar bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi

Buxorodan Moskvaga uchayotgan Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Rossiya poytaxti osmonida uchta dron bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi.

Uchuvchi so‘nggi lahzada uchuvchisiz samolyotlarni kursda payqab qolgan va to‘qnashuvning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Samolyot Sheremetyevo aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, biroq voqea boshqa sakkiz reysni muqobil aerodromlarga yo‘naltirishga majbur qildi.

Hammasi bo’lib, ertalab “Gilam” rejasi doirasida 36 ta samolyot muqobil aerodromlarga jo’natildi.

Buxoroda 16 yoshli bola o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga sarflab yuborgan 16 yoshli bolaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, u Shofirkon tumanida joylashgan Paynet shoxobchasida norasmiy tarzda ishlab, fuqarolarga sim-karta berish jarayonida ularning fotosuratlarini identifikatsiyadan o‘tkazish uchun olib, ularga bildirmasdan, yashirin ravishda fuqarolarning telefon raqami va fotosuratlaridan foydalanib, ular nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan. Shunday yo‘l bilan o‘ndan ortiq fuqaroga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

“Pul yo‘qligi sababli mijozlarim nomiga kredit rasmiylashtirdim. “Anorbank” ilovasi orqali. Har bir mijozimga 15-20 million so‘mdan jami 100 million so‘m miqdorida kredit rasmiylashtirdim”, deydi 16 yoshli bola. U o‘zgalar nomiga olgan kreditlarni oyma-oy onlay qimor o‘yinlariga tikib yuborgan.

Samarqandda soxta “prava” olib bergan avtomaktab xodimi ushlandi

Soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “G.H.” avtomaktabi oʻrgatuvchi ustasi Gʻ.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda oʻqimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olgani aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, xodim unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib bergan va tomonidan 100 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi YTH 10-noyabr kuni soat 4:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738-kilometrida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘lib, ikki kishi tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Halok bo‘lganlarning bir nafari O‘zbekiston fuqarosi, qolgan ikki nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda.

Turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan ikki kishi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ularga Penza viloyati Kuznetsk tumanlararo shifoxonasida yordam ko‘rsatilmoqda.

Теги :
Jamiyat