$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Gruziyaga kirishda o‘zbekistonliklar uchun tekshiruv kuchaygan

airport control fpr hijabis

O‘zbekistonliklar Gruziyaga sayohat qilishda yangi to‘siqlarga duch kelmoqda. Tadbirkor Bektosh Hatamovning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya chegarasida O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat choralari keskin kuchaygan. Bu esa nafaqat noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda, balki ayrim sayohatchilarning mamlakatga kiritilmay, ortga qaytarilishiga ham sabab bo‘lmoqda.

Safarning aniq maqsadi so‘ralmoqda

Hatamovning yozishicha, Gruziyaga uchgan birgina samolyotdagi to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarilgan. Tekshiruvlar davomida fuqarolardan qaytish bileti, mehmonxona broniga oid tasdiqlar va safarning aniq maqsadi so‘ralmoqda. Hatto mehmonxona haqida aytilgan ma’lumotlar maxsus telefon orqali tekshirilayotgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, Gruziyadagi tanishlar yoki qarindoshlar haqida noaniq javoblar bergan yoki ularning to‘liq ma’lumotlarini bilmagan shaxslarning ham ortga qaytarilish holatlari kuzatilgan.

Diniy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lganlar uchun taqiq

Chegarada diniy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan sayohatchilar — hijob kiygan yoki diniy atributlarga ega odamlar alohida e’tiborda bo‘lishi aytilmoqda. “Bundan tashqari ko‘rinishga ham qarashmoqda, o‘rangan, hijobli yoki qandaydir diniy atributlar kiyib yoki taqib olgan odamlarni o‘tkazishi juda qiyin bo‘lmoqda, o‘tkazgan taqdirda ham so‘roq qilib, aniq barcha faktlarni tekshirib keyin o‘tmoqda”, deb yozadi Bektosh Hatamov.

Sababi ochiqlanmagan

Gruziyaga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklardan hujjatlarni to‘liq tayyorlash, safar maqsadlarini aniq belgilash va chegarada qo‘shimcha savollarga javob berishga tayyor bo‘lish talab etiladi. Mamlakatda kuchaytirilgan nazorat choralari O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qator muammolarni keltirib chiqargan bo‘lsa-da, rasmiy sabablarga oid batafsil ma’lumotlar hozircha berilmagan.

Теги :
Jamiyat