Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Nafas olib bo‘lmayotgan Navoiy shahri: “Navoiyazot” havoga me’yordan ortiq tashlanmalar chiqarmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahri havosidan ikki kundan buyon nafas olib bo‘lmayotgani aytilgan murojaat tarqaldi va Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

1 daqiqa o‘qiladi

Nafas olib bo‘lmayotgan Navoiy shahri: “Navoiyazot” havoga me’yordan ortiq tashlanmalar chiqarmoqda

“Navoiyazot” AJning atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekani aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ikki kundan buyon nafas olib bo‘lmayotgan Navoiy havosi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahar havosidan ikki kundan buyon nafas olib bo‘lmayotgani aytilgan murojaat tarqaldi va Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori

O‘rganish davomida “Navoiyazot” AJ sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Toshkent IES masalasi

Bu kabi holat fevral oyida Toshkent IES bilan bo‘lgan edi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi IES tomonidan atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalar bo‘yicha hukumat, bosh prokuror va ikki vazirga deputatlik so‘rovi yuborgan edi. O‘shanda o‘rganish davomida Toshkent IES aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi va issiqlik energiyasi uzilishlarining oldini olish maqsadida mazut yoqilg‘isidan foydalanilayotgani ma’lum bo‘lgandi.