$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxt supermarketlarida go‘sht, guruch, kartoshka va banan narxi arzonlashdi

Supermarket

2025-yilning yanvar oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Qaysi mahsulotlarning narxi pasaydi?

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, bodringning minimal narxi 25,2 foiz, margarinniki 8,4 foiz, mol go‘shtiniki 5,2 foiz, guruchniki 5,0 foiz, bananniki 2,2 foiz, kartoshkaniki 2,0 foiz pasaygan.

Narx oshgan 

7 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, lavlagi narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq. Limon narxi ham sezilarli darajada oshgan. Ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan limon narxi 21,7 foiz arzon.

8 nomdagi mahsulotning narxi o‘zgarmadi

8 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular — grechka, makaron, pomidor, olma, tovuq go‘shti (file), sut, shakar, kungaboqar yog‘i.

Теги :
Jamiyat