$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

5 hududdan 16 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Giyohvandlik moddalari

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan joylarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 16,4 kg. narkotik moddalar musodara qilindi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Afg‘onistondan kirib kelgan partiya

Samarqand tumani hududida harakatlanayotgan Nexia avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Paxtachi tumanida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan E.M.ga tegishli 7 kg 230 gr “gashish” va 1 kg 289 gr “metamfetamin” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi maʼlum boʻldi.

Urgut tumanida muqaddam sudlangan fuqarolar, 1986-yilda tugʻilgan F.X. va 1999-yilda tugʻilgan Sh.A.lar Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 921 gr “opiy” moddasini xaridorga 12 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ushlandi.

3 kg 50 gr “gashish” dala maydoniga yashirib ketilgan

Namangan shahrida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan Sh.Y. va A.Y. hamda 1994-yilda tugʻilgan Sh.Q.lar muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan Chust tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 3 kg 50 gr “gashish” moddasini olgan vaqtda ushlandi.

Qirg‘istondan kirib kelgan giyohvandlik moddalari

Boshqa holatda esa Namangan–Andijon yoʻnalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi Norin tumani hududida toʻxtatilib tekshirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Asaka tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan F.X.ga tegishli 1 kg 911 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida giyohvand moddalar muqaddam Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumaniga olib kelinganligi maʼlum boʻldi.

Tergov harakatlari

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan B.B. Tojikistondan olib kelingan 2 kg 16 gr “opiy” moddasini 10 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 (kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat