$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

DXX: 4 ta viloyatda Tojikistondan keltirilgan narkotik moddalar musodara qilindi

dxx

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1996-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan shaxsning vaqtinchalik yashash manzilidan 1 kg. 995 gr. “geroin” moddasi, 143 gr. “Mefedron” hamda 3 litr suyuq “Mefedron” sintetik narkotik, qadoqlash vositalari, elektron tarozi va boshqa uskunalar olindi.

Shuningdek, mazkur shaxs tomonidan mijozlarga sotish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani hududidagi xufiya joylarga yashirib ketilgan 6 ta zakladkalardan jami 1 kg. 296 gr. “Mefedron” ham olindi.

Ma'lum boʻlishicha, ushbu giyohvandlik vositalari qozogʻistonlik va tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga etkazib berilgan.

O‘rgangan ko‘ngil...

Boshqa holatda esa “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Sirdaryo viloyatining “Sirdaryo” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kg. 641 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u narkotik moddani Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanganligi uchun sudlangan fuqarodan 10 ming AQSh dollariga sotib olganligi aniqlanib, u ham qoʻlga olindi.

Jazo oʻtasa-da, toʻgʻri xulosa chiqarmagan “narkosavdogar”

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuzatilgan holatda, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1960-yilda tug‘ilgan shaxs Tojikistondan keltirilgan 901 gr. “opiy” moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta'kidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilib, jazo oʻtagan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

Tojikistondan olib kelingan giyohvandlik vositalari

DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi Koʻkdala tumanidagi “Umakay” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning orqa oʻrindigʻi ostiga Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 265 gr. “opiy” va 1 kg. “gashish” giyohvandlik vositalari yashirib qoʻyilganligi aniqlandi.

Bu yoʻnalishda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazib, Tojikistondan olib kelingan giyohvandlik vositalarining viloyat hududida sotilishiga chek qoʻyishdi.

Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari sotganligi uchun 2 marotaba sudlangan shaxs Urganch shahrida ushlanib, uning qoʻl sumkasida boʻlgan 989 gr. “opiy” moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Boshqa holatda esa “Surxondaryo-Xorazm” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Tuproqqal’a tumanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 1957-yilda tug‘ilgan fuqaro hamda uning 1990-yilda tug‘ilgan kelinidan 993 gr. “gashish” moddasi olindi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Теги :
Jamiyat