$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi

narko

Maxsus tezkor guruh tomonidan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.

Yashirin narkolaboratoriya faoliyati fosh qilingan

Ma’lum bo’lishicha, mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlandi.

1746 dona laboratoriya uskunalari dalil sifatida olingan

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin “narkolaboratoriya”dan jami og‘irligi 19 kg 225 gr “pregabalin”, 2 kg 960 gr “tropikamid”, 1,2 kg “trilon” kuchli ta’sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zosi tomonidan gaz pechi ichiga yashirilib, Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan 321 gr. “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.

Bundan tashqari, u tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg. 372 gr. “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingandi.