$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan giyohvandlik moddalari 1 tonnaga yetdi

giyohvandlik moddalari

Bojxona qo‘mitasida 2024-yildagi faoliyat sarhisobi va 2025-yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda, jumladan, sohada erishilgan yutuqlar va 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar xususida gap bordi.

49,6 trln. so‘mlik imtiyoz

Qayd etilishicha, yakuniga yetayotgan yilda 17 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona to‘lovlaridan 49,6 trln. so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi, 6,6 trln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

914 mlrd. so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan

Davlat budjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshishiga erishildi.

9 mingga yaqin holatda 914 mlrd. so‘mlik tovarlar, 35 mlrd. so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 76 mlrd. so‘mlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd. so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingan

Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Sohani raqamlashtirish qanchalik foyda berdi?

Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirildi.

Yig‘ilishda, shuningdek,kelgusi yilda sohada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga xizmat qiluvchi qator takliflar muhokama qilindi va 2025-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Теги :
Jamiyat