$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Ekologik xavf: OTB Markaziy Osiyodagi muzliklarning uchdan biri yo‘q bo‘lib ketishiga qanday munosabat bildirdi?

Muzliklar

2050-yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi yo‘qotilishi mumkin. Bu haqda Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodir Sheralizoda COP29 doirasidagi iqlimga bag‘ishlangan panelda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Muzliklar Tojikistonni 60 foiz suv resurslari bilan ta’mminlaydi

Tojikistonda 14 mingdan ortiq muzliklar mavjud bo‘lib, mintaqa suv resurslarining 60 foizini ta’minlaydi. Bu muzliklarning tez erishi butun mintaqaning suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdid solmoqda, dedi Sheralizoda. U so‘nggi 30-40 yil ichida respublikada mingdan ortiq muzlik erib ketganini esladi.

Osiyo taraqqiyot bankidan 3,5 milliard dollar sarmoya

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava, o‘z navbatida, muzliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga yetti yil davomida mintaqaga 3,5 milliard dollar sarmoya kiritish rejalarini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu sarmoya muzliklarning suv resurslariga qaram bo‘lgan millionlab markaziy osiyoliklarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga chidamliligini oshiradi.

Muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi

Mintaqaviy hamkorlar vakillari, jumladan, Ozarboyjon Ekologiya vaziri Muxtor Boboyev muzliklarning erishi muammosini hal qilishda yagona yondashuv muhimligini ta’kidladi. Iqlim holatining yomonlashishi va muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi hamda Markaziy Osiyo va Kavkazda qishloq xo‘jaligi va ekotizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat