$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sanepidqo‘mita: “Yo‘l bo‘yida sotilayotgan muzqaymoqlarni isteʼmol qilmang”

Muzqaymoq

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yo‘l bo‘yida sotilayotgan, ishlab chiqarilgan joyi nomaʼlum muzqaymoqlarni isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilmoqda.

Sifatga javob bermaydi

Xabarga ko‘ra, mazkur turdagi muzqaymoq solingan idishlar mahsulotni sifatli tarzda saqlab bera olmaydi. Bundan tashqari, u qachon, qayerda , qanday sharoitda ishlab chiqarilganligi, uning tarkibi, saqlash muddati va sharoiti to‘g‘risida hech qanday maʼlumot yo‘q. 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti

Muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiyena jihatdan holati talabga mutlaqo javob bermaydi. mahsulotni ko‘cha-ko‘yda sotish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikat yo‘q. Sotuvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan taʼminlanmagan. Qolaversa, tibbiy ko‘rik daftarlari ham mavjud emas. Talabga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xodimlar har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan oʻtishlari shart.

Zaharlanish ehtimoli yuqori

“Isteʼmolchi ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotni isteʼmol qilishi oqibatida zaharlanish ehtimoli yuqori. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ham zamin yaratiladi”, deyiladi xabarda.