Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Mehnat bozorida qaysi mutaxassislarga talab yuqori?

O‘zbekistonning 180 ta tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi 7843 ta beruvchi ishtirokida 172 ta mutaxassislik kesimida so‘rov o‘tkazildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat bozorida qaysi mutaxassislarga talab yuqori?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o‘rgandi. Tahlil jarayonida 180 ta tuman va shaharda istiqomat qiluvchi 7843 ta beruvchi ishtirokida 172 ta mutaxassislik kesimida so‘rov o‘tkazildi.

Eng yuqori talab savdo sohasida

Qayd qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida savdo sohasi, xususan onlayn savdo sohasida mutaxassislarga talab eng yuqori. So‘rovda qatnashgan ish beruvchilarning katta qismi (23,4 foizi) savdo sohasida faoliyat yuritadi. Respublikadagi jami korxonalar orasida savdo korxonalarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 32,5 foizni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida aynan savdo sohasi mutaxassislariga talab yuqoriligini asoslaydi.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi talab

Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasi mutaxassislari, xususan, qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 foiz), qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4 foiz), ulldoz, ulldozer, kombayn haydovchilari (1,4 foiz), agronomlar (1,3 foiz), kashtachi, tikuvchi va to‘quvchilarga ham talab yuqori (1,7 foiz).

Ta’lim

Ta’lim muassasalarida xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va IT o‘qituvchilariga (1,2 foiz) ham talab yuqori.

Hozirgi kunda davlat sektori va xususiy sektorga tegishli korxonalarda marketolog, IT dasturchilari, buxgalterlar, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarga talab yuqori.

Malaka talab qilmaydigan ishchilarga ham talab yuqori

Shuningdek, malaka talab etilmaydigan farrosh, haydovchi va bog‘bonlarga ham talab yuqori ekanligi aniqlangan. Buni ular orasida qo‘nimsizlik darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Institut kelgusi so‘rovlarda kasblar ko‘lamini kengaytirishni va natijalarni raqamlashgan platforma orqali keng jamoatchilikka yetkazishni rejalashtirgan.