$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Ilon Maskning “X”i boshiga balo bo‘ldi: Fransiya katta tergov boshladi

musk

Ilon Mask yana katta mojaro markazida qoldi. Fransiya hukumati X’da noqonuniy kontent tarqalishi bilan bog‘liq ishni jinoiy tergov darajasiga olib chiqdi. Eng qizig‘i, Mask so‘roqqa chaqirilgan bo‘lsa ham kelmagan. Endi esa unga nisbatan rasmiy ayblov qo‘yilishi mumkin. 

Xo‘sh, Ilon Mask yana Fransiyaga bormasa nima bo‘ladi?

X’dagi kontent sabab jinoiy ish ochildi

Fransiya prokuraturasi Ilon Mask va X platformasi ustidan rasmiy jinoiy tergov boshlanganini ma’lum qildi. Tergov voyaga yetmaganlarga oid noqonuniy suratlar, jinsiy mazmundagi deepfake videolar va Grok sun’iy intellekti orqali tarqalgan Holokostni inkor etuvchi postlar bilan bog‘liq.

Uch oy oldin Fransiya politsiyasi X’ning Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazgan edi. Shundan keyin Mask va kompaniyaning sobiq rahbari Linda Yakkarino aprel oyida so‘roqqa chaqirilgan. Dastlab bu oddiy suhbat sifatida ko‘rilgan, lekin ular kelmagach vaziyat o‘zgardi.

Endi Fransiya tomoni ularni majburiy tarzda so‘roqqa olib kelmoqchi. Agar yana kelmasa, Mask va Yakkarinoga ular yo‘qligida ham dastlabki jinoiy ayblov qo‘yilishi mumkin.

Fransiya hukumati bosimni kuchaytirdi

Parij prokurori Laure Beccuauning idorasi bu tergovning maqsadi internetdagi va real hayotdagi jinoyatlardan jabrlangan insonlarni himoya qilish ekanini bildirdi. Fransuz nashrlarining yozishicha, X oldinroq sud talabiga qaramay platforma algoritmini topshirishdan bosh tortgan. Endi esa tergov sudyalari X Corp., xAI, Ilon Mask va Linda Yakkarinoga nisbatan rasmiy ayblov tayyorlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Fransiyalik deputat Eric Bothorel Maskning so‘roqqa kelmaganini noto‘g‘ri qaror deb atadi. Aynan uning murojaatidan keyin 2025-yil yanvar oyida dastlabki tergov boshlangan. Bu ish haliveru tugamaydi. Fransiyada bunday jarayonlar oylar, hatto yillar davom etishi mumkin. Tergov yakunlangachgina ish sudga oshiriladimi yoki yopiladimi — ma’lum bo‘ladi.

Mask buni siyosiy hujum deb hisoblamoqda

Tintuvlardan keyin X Fransiya harakatlarini “siyosiylashtirilgan tergov” deb atadi. Kompaniya fikricha, bu ish adolat uchun emas, siyosiy bosim uchun qilinmoqda. Ilon Maskning o‘zi ham bu vaziyatni “siyosiy hujum” deb baholadi.

Yana bir qiziq tomoni, AQSh Adliya vazirligi ham Fransiyaga bu tergovda yordam berishdan bosh tortgan. AQSh tomoni Fransiyani ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini siyosiy yo‘l bilan nazorat qilishga urinayotganlikda ayblagan. Hozircha tergovda voyaga yetmaganlarga oid noqonuniy kontent tarqatish, jinsiy deepfake videolar orqali shaxs huquqlarini buzish, insoniyatga qarshi jinoyatlarni inkor etish, shaxsiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlamaslik va noqonuniy faoliyat uchun platforma yaratish kabi ayblovlar o‘rganilmoqda.

Теги :
Jamiyat