$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga aholi qanday masalalar yuzasidan murojaat qilmoqda?

murojaat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan aholining dolzarb muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi bilan ularning muammolari yuzasidan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Nilufar Begmatova AOKAdagi brifingda ma’lumot berdi.

Murojaatlar mazmuni qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 147 mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 89,1 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar asosan, mol-mulk va pul mablag‘lari oldi-berdisi, ichki ishlar organlariga biriktirilgan 3-sektor hududidagi ijtimoiy, oila-turmush, tergov, jamoat xavfsizligini ta’minlash kabi masalalarga oid.

Vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida aholi muammolari bilan ishlash borasida talabchanlikni yanada kuchaytirish maqsadida sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar sohalar va hududlar kesimida puxta tahlil qilib borilmoqda. Har chorak yakuni bo‘yicha vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlarda va vazirlik hay’ati majlislarida tanqidiy muhokamalar o‘tkazilmoqda.

Kunlik shaxsiy qabul

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dolzarb muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida vazirlikning fuqarolar qabulxonasida kunlik shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, vazir o‘rinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlarining kunlik shaxsiy qabullari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, takroriy murojaat yo‘llayotgan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, 2024-yilda o‘tkazilgan shaxsiy qabullar jarayonida 14 ming 629 nafar fuqaro qabul qilinib, 7 ming 192 nafar fuqaroga malakali huquqiy maslahat berilgan. 7 ming 437 nafar fuqarodan kelgusida ko‘rib chiqish uchun murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning 2 ming 874 tasi ijobiy hal qilinib, fuqarolarning qonuniy huquqlari tiklangan. 4 ming 445 tasi malakali huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan. 76 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilgan. 42 ta murojaat hozirgi kunda nazoratga olingan holda ko‘rib chiqilmoqda.

Ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

2024-yilda hududiy ichki ishlar organlarining birinchi rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida 43 mingga yaqin fuqaro bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolarini hal qilishning barcha qonuniy mexanizmlari ishga solingan.

Hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda tushgan murojaatlarning 22 ming 602 tasi ijobiy hal qilinib, fuqarolarning qonuniy huquqlari tiklangan. 19 ming 951 tasi malakali huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan. 312 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilgan yoki ko‘rmasdan qoldirilgan. 140 murojaat hozirgi kunda o‘rganib chiqilmoqda.

Vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarida aholi muammolari bilan ishlash borasidagi ishlar ahvoli yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning sohaga oid qonunchilik talablari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida shu yo‘nalishda ish olib boruvchi 89 nafar xodim Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida malakasini oshirdi.

Теги :
Jamiyat