Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +21° kechasi +9°

Samarqandda iste’molchilar huquqlari qanchalik himoya qilinmoqda?

Qayd etilishicha, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 10 oyda 1612 ta murojaat qabul qilingan.

1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda iste’molchilar huquqlari qanchalik himoya qilinmoqda?

Raqobatni qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘yicha 1612 ta murojaat qabul qilindi.

Murojaatlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar 

2024 yilning 10 oyi davomida Samarqand viloyati boshqarmasiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan: 

Uy-joy kommunal xizmatlari: 738 ta; 

Savdo va umumiy ovqatlanish: 440 ta; 

Aloqa va ijtimoiy xizmatlar: 305 ta; 

Reklama va boshqa sohalar: 129 ta. 

Murojaatlarning 75 foizi ijobiy hal qilingan bo‘lib, iste'molchilar huquqlari himoyasida sezilarli natijalar qayd etildi. 

 Yoqilg‘i sifati nazorati 

Viloyat hududidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan yoqilg‘i sifati muntazam tekshirilib bordi. 

Tekshiruv davomida 81 993 litr sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari sotuvga chiqarilganligi aniqlandi. Qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha 14 ta tadbirkorlik subyektiga qonuniy choralar ko‘rildi.