Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagan 59 nafar mansabdor jazolandi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, tijorat banklarining mansabdor shaxslari tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, kredit (lizing) ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart

1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagan 59 nafar mansabdor jazolandi

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim banklarning mansabdor shaxslari tomonidan qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

5 ish kuni ichida

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, tijorat banklarining mansabdor shaxslari tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, kredit (lizing) ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart

Yuzdan ortiq tadbirkorning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan

Biroq Surxondaryo viloyatidagi ayrim tijorat banklari mansabdor shaxslari ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 108 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.

Misol uchun, Uzun tumanidagi bank rahbari tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Xususan, mansabdor shaxs Uzun tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorning kredit ajratish haqida Yagona elektron platforma orqali yo‘llagan arizasini belgilangan 5 kunlik muddatdan 38 kun kechiktirib ko‘rib chiqqan va kredit ajratish to‘g‘risida xulosa bergan.

 Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 59 nafar mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.