Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Toshkentda bir ayolni chopib tashlagan erkakga hukm o’qildi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berishicha, ayblanuvchi 23 yilga qamaldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bir ayolni chopib tashlagan erkakga hukm o’qildi

Hodisa Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

Erkak marhuma bilan bozorda tanishgan

 Qayd etilishicha, 1991-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan erkak “Qo‘yliq” bozoriga pul topish maqsadida borgan. U o‘sha yerda 1984-yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishgan. 

Avval bolta bilan urib, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u ayol bilan birga Yashnobod tumanida joylashgan ayolga tegishli bo‘lgan xonadonga borgan. Birozdan so‘ng ularning o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Erkak ayolni avval bolta bilan urgan, so‘ng kiyim bilan ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

“Yuzimni tirnab shantaj qilganiga qo‘rqib ketib, o‘ldirib qo‘ydim”, - dedi sudlanuvchi.

23 yillik qamoq jazosi

Ma’lum qilinishicha, qotillikdan so‘ng erkak marhumning telefoni va pulini olib, jinoyat joyidan qochib ketgan.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, sudlanuvchiga 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, - deyiladi xabarda.