$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Futbolchilarning umri qisqa”, “Men sehrgar emasman”, “Ishxonada futbolchi, uyda o‘g‘lim” — Superliga murabbiylari yil davomida nimalar dedi?

Murabbiylar

“Soat 8 da ishga kelib, kechasi 11 da uyga qaytadigan“ Berdiyevdan tortib “futbolchilarning yurgan qadamidan nima bo‘layotganini sezadigan“ Qosimovgacha. Murabbiylarning 2024-yilgi mavsum matbuot anjumanlarida gapirgan qiziqarli gaplarini esga olamiz.

Ro‘ziqul Berdiyev — “Nasaf“ bosh murabbiyi

  • Men futbol bilan yashayman. Ko‘pchilik buni bilmasligi mumkin, men ertalab soat 8 da ishga kelaman va kechasi 11 da uyga qaytaman. O‘zimizning futbol bo‘lmasa, xorij futbolini tomosha qilaman. Men bosimni har doim his qilganman. Bosimga ko‘nikib ketganman. Chempionlik mening futbolga bo‘lgan kasalligimni to‘xtata olmaydi. Jamoamga hech qanday vazifa va maqsad qo‘yilmagan holatda ham, jamoam yutqazsa men qiynalaman. Men buni qabul qila olmayman. Men shunday insonman. Shu sababli, men har bir musobaqada maksimal natijani qo‘lga kiritishga intilaman.  
  • Kechirasizlar, terma jamoa va Samvel Babayan haqida gaplashmaylik. 
  • Har doim natija birinchi o‘ringa chiqadi. Yaxshi o‘ynab yutqazsangiz, natija bo‘lmasa, tanqidga uchraysiz. Biroq yaxshi o‘yin unutiladi.  

Mirjalol Qosimov — OKMK bosh murabbiyi

  • Futbol shashka yoki boshqa sport turiga o‘xshash emas, balki kurashlarga boy o‘yin hisoblanadi.
  • Men futbolchilarning yurgan qadamidan nima bo‘layotganini sezaman.
  • Mirjamol Qosimov ishxonada futbolchi, uyda esa o‘g‘lim.

Sergey Lushchan — “Navbahor“ bosh murabbiyi

  • Biz g‘alaba qozondik, lekin o‘yinimiz "nol".
  • O‘zbekiston kubogida bosh sovrinni qo‘lga kiritsak, bizga samolyot sovg‘a qilishadi.
  • Menga ayting-chi, qaysi jamoada futbolchilar xato qilmaydi? "Barselona"dami yoki "Real"da? Men individual xatoga yo‘l qo‘ymaydigan futbolchilarni bilmayman. Siz bilsangiz, menga aytib yuboring.

Samvel Babayan — “Navbahor“ sobiq bosh murabbiyi

  • Yettita uchrashuvda durang qayd etgandan ko‘ra, bir marotaba mag‘lub bo‘lgan yaxshi.
  • Ko‘p gapirishga hojat yo‘q. Jamoaga nimadir bo‘lyapti. Balki omad yetishmayotgandir.
  • Men ham Namanganda chempionlik bayrami bo‘lishini xohlayapman. Yordamchi murabbiylar bilan kuniga 24 soat ishlayapmiz. Bor e’tiborim jamoada, baribir nimadir yetishmayapti. 

Ivan Boshkovich — “So‘g‘diyona“ bosh murabbiyi

  • Futbolda doim yaxshi o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonmaydi.
  • Men ham insonman. O‘yin vaqtida emotsiya bo‘ladi.
  • Bilasizmi, shu maydon bizning uyimiz. Shu maydon bizning oilamiz. Shu orqali ishlaymiz, pul topamiz, oila boqamiz va hokazo. Shunday ekan, biz bu maydonga har doim moslasha olishimiz kerak, axir ishimiz shunaqa.

Vitaliy Levchenko — “Neftchi“ bosh murabbiyi

  • Futbol hayoti shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi.
  • Barchangiz futbolni tushunasizlar, zamonaviy futbolda natija birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Chiroyli futboldan ma’no yo‘q.  
  • Bizda yoshlarga sharoitlar yetarlichami? Shu sababli yoshlar yo‘q.

Maksim Shatskix - “Paxtakor“ sobiq bosh murabbiyi

  • Men statistikaga e’tibor bermayman.  
  • Men doimo futbolchilarim va hakamga gapiraman. Sizlar esa o‘zingizni hurmat qilishingiz kerak. Bo‘lmasa bir umr latta bo‘lib qolib ketasiz. Shu sababli o‘zingizni hurmat qiling va masxaraboz kabi tutmang. 
  • Meni shamol qayerdan esayotganini bilmaydi deb o‘ylaysizmi? Bilaman. 

Fevzi Davletov — “Surxon“ bosh murabbiyi

  • Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo‘q.
  • Asilbek Jumayev o‘tgan yildan beri asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Endi u yosh bola emas, faqat pasportda yosh bola. 
  • Yaxshi o‘ynab, yutqazgandan yomon o‘ynab, yutgan yaxshi ekan.

Vadim Abramov — “Dinamo“ bosh murabbiyi

  • Futbolchilarning umri qisqa. Aytishadiku, baliq chuqrroq joyni, futbolchi esa yaxshiroq joyni izlaydi deb.  
  • Hech kim pul haqida so‘ramadi. 4 oydan buyon oylik berilmayotgan bo‘lsa, qanday qilib natija talab qilish mumkin.
  • Bilasizmi, hozir gapirganimdan va hamma shubhalarni oshkor qilgandan ko‘ra, ahmoq bo‘lib ko‘ringan yaxshiroq. Mayli, hammasiga ko‘nikamiz. 

Aleksandr Xomyakov — “Andijon“ bosh murabbiyi

  • Ketma-ket mag‘lubiyatlar yoqimsiz. To‘g‘risi, nima deyishni ham bilmayman. Balki bunga qanday chora topish yo‘lini bilarsiz? O‘zingiz yordam berib yubora olmaysizmi? 
  • Tez orada natijaga erishib bo‘lmaydi. Men sehrgar emasman.
  • Futbolda hamma narsa har doim ham o‘xshayvermaydi.

Ilyos Zeytullayev — “Bunyodkor“ bosh murabbiyi

  • O‘smirlik chog‘imda Anchelotti, Lippi murabbiyim bo‘ldi. Eng ko‘p vaqtimni ayni damda "Atalanta"ni boshqarayotgan Gasperini bilan o‘tkazdim. Shuningdek, Sarri ham bo‘lgan. Lekin men o‘zimga o‘xshashni istayman.
  • "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g‘alabani massajchimizga bag‘ishlayman. Hozir u terma jamoada, g‘alaba u va uning o‘g‘liga bag‘ishlanadi.  
  • Agar Xudo biz bilan birga bo‘lsa, kim qarshilik qilishi mumkin? 

Jamshid Saidov — “Qizilqum“ bosh murabbiyi

  • Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch yetishmadi. Menimcha, bunga ularning ro‘za tutgani sabab bo‘ldi.
  • Umuman olganda, birinchi gol kulgili bo‘ldi. Ikkinchi gol esa darvozamiz tomon aniq bormayotgan bo‘lsa ham o‘zimizga urib qo‘ydik.
  • Rahbariyat bizga vazifa qo‘ygani rost. Zimmamizdagi vazifani bajarmasak, biz uchun istalgan o‘yin oxirgisi bo‘lishi mumkin. 

Timur Kapadze — “Olimpik“ sobiq bosh murabbiyi

  • OKMKga qarshi o‘yinda qaysi jamoa birinchi gol ursa, g‘alabani o‘sha jamoa qo‘lga kiritardi.
  • Mag‘lubiyatni yomon ko‘raman. Bu normal holat. Qayerdadir nohaqliklar bo‘lsa bunga chiday olmayman.
  • Alam qilayotgani — Lokomotiv"ga o‘z o‘yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi.

Aleksandr Krestinin — Lokomotiv sobiq bosh murabbiyi

  • Gol urganimizdan keyin raqib posboni to‘p bormaganidan sovqotib qoldi.
  • O‘z tuyg‘ularini tiya olmaydigan futbolchini professional deb atash noto‘g‘ri.  
  • Transferlardagi nomlar qog‘ozda yomonmas edi. Biroq ular maydonda biz kutganchalik o‘yin ko‘rsata olmadi.
Теги :
Jamiyat