$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat, qonun, hukumat — bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi — Alisher Qodirov zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida munosabat bildirdi

Alisher Qodirov

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov o‘zining Telegram kanalida gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan G‘ayrat Do‘stov haqida post qoldirdi.

Isrov va qadrsizlik

Uning postida bir necha mavzular haqida gap borgan.

“Isrof va qadrsizlik eng katta musibatlarimiz bo‘lsa kerak. Sog‘lik, qadr, imkoniyat va mablag‘ni ignada yig‘ib, belkurakda sovuradigan millatga aylanib qolayotgandekmiz… Yangi yilda italyanlar eski mebellarini yangi yilga o‘tkazmaslikka harakat qilishsa, biz pulimizni kelgusi yilga o‘tkazmaslikka harakat qilayotgandek harakat qilamiz. Bozorga kirgan hamma narsa sotiladi, yana ikki karra qimmatiga. 1-yanvar kunidan yangi pul muomalaga kiritiladigandek…”, — deb yozgan deputat.

Keyinchalik esa post to‘ylar mavzusida davom etgan

“Xuddi shunday — to‘ylar… Ertaga kun yo‘qdek — isrof, tumonat, shovqin-suron, isrofgar dasturxonni yarmi axlatga otilishi bir dard, olomonning qahramoni bo‘lishga da’vogar, surushtirsang homiylik so‘ragan bolasining maktabida janjal qilgan yoki tashlab ketgan bolasini alimentiga daromadi yetarsiz, ikkisi ham bo‘lmasa, pul topib aql-baraka topmagan omadsiz-mast erkaklarni g‘ijimlab pul sochishi yana bir dard…”, — deb yozgan Alisher Qodirov.

Metan zapravkadagi murojaat

Shundan so‘ng postda metan zapravkadagi murojaati bilan tanilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan G‘ayrat Do‘stov haqida gap boradi.

“G‘ayrati va imkoniyatini qadrlamaydigan jamiyat bo‘lib qolayotgandekmiz… Metan bolaga tushunmadim, baraka topgur o‘zingni qadrla, g‘ayratingni bayramdan keyin qil, vazifasi surishtirish bo‘lgan idoralar surishtirishga majbur, bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq ediku?”, — deb yozgan deputat.

“E’tirozning to‘g‘ri-noto‘g‘riligi haqida keyinroq va kengroq, lekin bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo‘ldilar… Davlat, qonun, hukumat — bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi. Inson uchun ishlash uchun insonlar uchun cheklovlar joriy etadi va uni qo‘llashga vakolatli va majbur. Dunyoni istagan davlatida haq va majburiyat bir-biriga chegara chizadi, qaysi tomon tartibliroq bo‘lsa, o‘sha tomonning hududi kengroq bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. O‘zini qadrlamaydigan, topganini tushunmaydigan, isrofchi jamiyatning haq hududi doimo tor bo‘lgan, bundan keyin ham shunday bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Теги :
Jamiyat