$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tillaqatori gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi — Alisher Qodirov

Qodirov

“Milliy Tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning fikricha, gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako‘zlarimizga ish o‘rni yaratish mumkin. 

Gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganishimiz kerak

“Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirib gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganishimiz kerak. Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag‘batlantirish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz.“Yashil energetika kelajagimiz”, deydi u.

O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, e’lon, ko‘rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi

“Toshkentdan boshlab barcha shaharlarimizda tashqi yozuvlar, e’lonlar, ko‘rsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbolarda yozilayotgani achinarli muammo!”, — dedi siyosatchi

Qodirovning fikriga ko‘ra, ko‘rsatmalar, e’lonlar va tashqi yozuvlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak. Zarurat bo‘lsa, ular boshqa tillarda takrorlanishi mumkin. Siyosatchi “Milliy tiklanish” partiyasi “Tashqi yozuvlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ustida ish boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Теги :
Jamiyat