$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, e’lon, ko‘rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart – Alisher Qodirov

til

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Ko‘rsatmalar, e’lonlar va tashqi yozuvlar o‘zbek tilida bo‘lishi lozim

“Toshkentdan boshlab barcha shaharlarimizda tashqi yozuvlar, e’lonlar, ko‘rsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbolarda yozilayotgani achinarli muammo!”, — dedi siyosatchi.

Qodirovning fikriga ko‘ra, ko‘rsatmalar, e’lonlar va tashqi yozuvlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak. Zarurat bo‘lsa, ular boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

“Tashqi yozuvlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi

Siyosatchi “Milliy tiklanish” partiyasi “Tashqi yozuvlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ustida ish boshlaganini ma’lum qildi.

“Bizning o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatimiz, uni muhim milliy qadriyat sifatida qabul qilishimiz tubdan o‘zgarishi kerak. Birinchi navbatda tadbirkorlar, mulkdorlar va davlat boshqaruv idoralari o‘zbek tiliga hurmat va qonunga rioya qilish borasida namuna bo‘lishlari kerak. Jamiyat bu masalada prinsipiallikni namoyon qilishi lozim,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Alisher Qodirov urush holatida bo‘lishiga qaramasdan, Rossiya dumasida so‘nggi oyda rus tili bilan bog‘liq uchinchi jiddiy, majburiyatlarga to‘la qonun qabul qilinganini ta’kidlab, bu masalada ulardan o‘rnak olish mumkinligini aytdi.

Теги :
Jamiyat