$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o‘rgatishni emas, bolalarni maktabdan haydash yo‘lini tanlashdi — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi tomonidan rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunning ma’qullanishiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida post qoldirdi.

Ehtiyojni ham, hurmatni ham kamaytiradi 

“Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o‘rgatish emas, bilmaganlarni Rossiyadan, bolalarni maktabdan haydash yo‘lini tanladilar. Bu qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga bo‘lgan ehtiyojni ham, hurmatni ham keskin kamaytirishi mumkin”, deya yozgan u.

Shu o‘rinda Qodirov O‘zbekiston davlat idoralarida ishlaydigan minglab, maktablarda o‘qiydigan yuz minglab davlat tilini umuman bilmaydigan vatandoshlar va ularning bolalari borligini qayd etgan.

Uning yozishicha, elektorat savollariga javob berish uchun bu tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari diqqat bilan o‘rganib chiqiladi.

Bu qonun qachon qabul qilindi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni ma’qullagandi. Unga ko‘ra, endi migrant bolalarga tilni bilish bo‘yicha test sinovi joriy etiladi. Undan o‘ta olmaganlar esa maktablarga qabul qilinmaydi. Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati (Rosobrnadzor) test uchun materiallarni ishlab chiqish, baholash mezonlari va eng kam ball sonini aniqlashi kerak. Bundan tashqari, maktab Rossiyada noqonuniy va hujjati bo‘lmaganlarni o‘qishga qabul qila olmaydi. Agar qonun qabul qilinsa, 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat