$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Internetda yana bir “serial” tugamoqda: Xonanda Munisa Rizayeva ona bo‘ldi

Munisa Rizayeva

Internetda shov-shuv bo‘lib, “serial”ga aylanib ulgurgan muhokamalardan biriga chek qo‘yildi. 38 yoshli xonanda Munisa Rizayeva 24-noyabr kuni ona bo‘ldi. U Argentinaning Buenos-Ayres shahrida joylashgan klinikalardan birida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bu haqda xonandaning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishdi.

U o‘g‘il farzand ko‘rishini oldinroq ma’lum qilgan

Xonanda Instagram sahifasi orqali muntazam ravishda aloqaga chiqib, homiladorlik davri qanday o‘tayotgani haqidagi savollarga javob berib kelayotgan edi. Shuningdek, u bir muddat avval o‘g‘il farzand kutayotganligi va unga Muhammad yoki Daniel ismini qo‘ymoqchi ekanligini ham ma’lum qilgan.

Nima uchun Argentina?

Munisa bir necha kun avval Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob berar ekan, farzandini kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgandi. Munisa Argentina tibbiyotining rivojlanganligi bo‘yicha dunyoda 33-o‘rinda turishini aytib, aynan shuning uchun farzandini aynan Buenos-Ayresda dunyoga keltirishi haqida ham gapirib o‘tgan.

U mart oyida O‘zbekistonga qaytadi

Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva 2023-yilning 7-sentabrida belaruslik Arseniy ismli yigitga turmushga chiqqan edi. Xonanda farzand kutayotgani haqidagi yangilikni muxlislariga 2024-yilning may oyida ma’lum qilgandi. Uning Instagram sahifasidagi ma’lumotlarga qaraganda, Munisa O‘zbekistonga 2025-yilning martida qaytishni rejalashtirmoqda.

Instagramda nima gap?

Operatsiyadan bir muddat o‘tib Munisa Rizayeva Instagram sahifasiga oilasi bilan ilk rasmlarini joyladi.

 

Shov-shuvli mavzu yopilganidan so‘ng, Burgut Telegram kanali “Internet yana bir jiddiy muhokama yo‘qotishiga uchradi. Tezlashtirib yangi serial bo‘ladigan mavzu topish kerak”, deya post qoldirdi. Shuningdek, xonandaning Instagramdagi posti izohida ham bir-biridan qiziq izohlarni o‘qishimiz mumkin:

-        Vanihoyat, tug‘dirib oldik, hammaga rahmat O‘zbekiston. Endi tarqalamiz.

-        Mana endi hammamiz xotirjam uxlaydigan bo‘ldik.

-        Butun O‘zbekiston kutgan kun keldi. Xo‘sh, endi nimani kutamiz?

-        Yelkadan tog‘ ag‘darildi.

-        Ana, Munisa ham tug‘di, endi Sitora (Sitora Farmonova)ni erini topamiz, ketdik.

-        O‘g‘il ekan, bo‘ldi tarqalamiz.

Facebook

Shuningdek, Facebook sahifalari ham Munisaning farzandli bo‘lganini olqishlamoqda:

Теги :
Jamiyat