$
 11979.64
-41.58
 13901.17
-77.1
 167.52
-2.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Kannavaro mundial uchun tarkibni e’lon qildi: 4 futbolchi mundialsiz qolishi mumkin

mundial

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati uchun kengaytirilgan 30 nafar futbolchilar tarkibini e’lon qildi. FIFA reglamentiga ko‘ra, mundialga faqat 26 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Shu sabab hozirgi tarkibdagi 4 futbolchi keyinchalik yakuniy ro‘yxatdan chiqariladi. Bu qaror katta ehtimol bilan Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin ma’lum bo‘ladi. Xo‘sh, Kannavaro oxirgi tanlovda kimlarni olib qoladi?

Darvozabon va himoyachilar orasida kuchli raqobat bor

Darvozabonlar ro‘yxatiga O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”) va Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) kiritildi.

Himoyachilar orasida esa Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”) va Behruz Karimov (“Surxon”) joy oldi.

Yarim himoya va hujumda legionerlar ko‘pchilikni tashkil qildi

Yarim himoyachilar ro‘yxatiga Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So‘g‘diyona”), Aziz G‘aniyev (“Al Batayeh”, BAA) va Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon) kiritilgan.

Hujum chizig‘ida esa Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Omonov (“Dinamo”), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq), Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron) va Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya) bor.

Terma jamoa 26-may kuni AQShga uchadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26-may kuni tongda Toshkent — Nyu-York reysi orqali AQShga jo‘nab ketadi. Jamoa u yerda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

1-iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 8-iyun kuni esa O‘zbekiston Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Aynan shu uchrashuvdan keyin Kannavaro mundial uchun yakuniy 26 futbolchini tanlashi kutilmoqda.

 

Теги :
Jamiyat