$
 12021.22
-54.96
 13978.27
-16.82
 169.53
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning mundialdagi raqibi musobaqadan chetlatilishi mumkin

mundial

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati arafasida Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi jiddiy muammoga duch keldi. Mamlakat hududida Ebola virusining xavfli turi tarqalishi sababli, jamoaga AQShga kirish uchun maxsus cheklovlar qo‘yildi.

AQSh hukumati qaroriga ko‘ra, Kongo DR terma jamoasi delegatsiyasi mamlakat hududiga kirishdan avval 21 kun davomida qat’iy izolyatsiya rejimida bo‘lishi kerak. Oq uy huzuridagi Jahon chempionati ishchi guruhi ijrochi direktori FIFA va Kinshasa rasmiylarini bu borada ogohlantirgan.

Belgiyadagi tayyorgarlik yopiq rejimda davom etadi

Hozirda Belgiyada mashg‘ulot olib borayotgan Kongo DR terma jamoasi futbolchilari maxsus nazorat hududida saqlanmoqda. AQSh tomoni jamoa 11-iyun kuni Xyustonga jo‘nab ketguniga qadar tashqi aloqalarni cheklashi va izolyatsiya qoidalariga to‘liq amal qilishi kerakligini bildirgan.

Rasmiylarga ko‘ra, yopiq rejimning buzilishi yoki tashqi muhit bilan nazoratsiz aloqa o‘rnatilishi butun jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Ebola virusining xavfli shtammi xavotirni kuchaytirdi

Keskin choralar Kongo DR hududida Ebola virusining kam uchraydigan “Bundibugio” shtammi tarqalgani bilan bog‘liq. Mutaxassislar ushbu virus turiga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emasligini ta’kidlamoqda.

ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat murakkablashishda davom etmoqda.

Kongo DR tarixdagi ikkinchi mundialiga tayyorlanmoqda

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi tarixda ikkinchi bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jamoa ilk bor 1974-yilda, mamlakat Zair nomi ostida qatnashgan paytda mundialda ishtirok etgan edi.

Bu safar ular “K” guruhida , va bilan bahs olib boradi. Guruhdagi ilk o‘yin 17-iyun kuni Xyustonda Portugaliyaga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

AQSh chegaralarida qo‘shimcha cheklovlar kuchaytirildi

So‘nggi 21 kun ichida Kongo DR, Uganda yoki Janubiy Sudan hududida bo‘lgan xorijlik fuqarolarning AQShga kirishini vaqtincha cheklagan.

Shunga qaramay, Kongo DR futbolchilarining aksariyati Yevropa klublarida faoliyat yuritayotgani va Kinshasadagi yig‘in bekor qilingani sababli, jamoaga istisno tariqasida kirishga ruxsat berilishi mumkin.

Muxlislar mundialdan chetda qolishi mumkin

Kongo DR muxlislari uchun esa vaziyat ancha murakkab tus olgan. Amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, virus tarqalgan hududlarda bo‘lgan muxlislar AQSh hududiga kiritilmaydi.

Bu esa jamoaning tribunadagi qo‘llab-quvvatlovsiz qolish xavfini oshirmoqda. Mutaxassislar bunday holat mundialning umumiy bayramona muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etmoqda.

Terma jamoa taqdiri tibbiy nazoratga bog‘liq

Kongo DR terma jamoasi 3-iyun kuni Belgiyada Daniyaga, 9-iyun kuni esa Ispaniyada Chiliga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Biroq ayni paytda jamoaning asosiy sinovi futbol maydonida emas, tibbiy nazorat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishda bo‘lib turibdi. Agar tayyorgarlik davrida futbolchilardan birida Ebola alomatlari aniqlansa, AQSh chegaralari jamoa uchun yopilishi va ular Jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin.

Теги :
Jamiyat