$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston 2024-yilni Osiyoda to‘rtinchi bo‘lib yakunlaydigan bo‘ldi

UFA

“We Global Football” nashri 6-turdan so‘ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yangiladi.

Yangilangan reyting

O‘zbekiston milliy jamoasining Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozongan g‘alabasidan keyin A guruhidan JCH-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyati 93,1 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoamizning imkoniyati 93,1 foizdan 84,8 %ga pastlagandi. Shimoliy Koreya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng esa O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyati 86,7 foizga baholanmoqda. 

Natijaning shakllanishi

O‘zbekiston milliy jamoasining 3-turda Eron bilan durang qayd etganidan keyin A guruhida JCH-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga ko‘tarilgandi. 2-turda Qirg‘iziston ustidan erishilgan g‘alabadan keyin O‘zbekistonning imkoniyati 70,3 foizdan 75,9 foizga ko‘tarilgan, JCH-2026ga chiqa olmaslik imkoniyati esa 1 foizdan 0,4 foizgacha pasaygan edi.

Asosiy raqiblar

Srechko Katanes shogirdlari mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar orasida Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi 4-o‘rindan joy olgan. A guruhidan Eronning JCH-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri borish imkoniyati eng yuqori deya baholanmoqda – 99,6%. Portal Osiyodan Yaponiya JCH-2026 masalasini amalda hal qilgan deb hisoblamoqda – 100 foiz.

FIFA reytingidagi o'zgarish

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqich 6-turi doirasida KXDRni mag‘lub etgach, FIFA reytingida o‘z hisobiga 6,99 ballga qo‘shib oldi (Shimoliy Koreya shuncha ball yo‘qotdi). Oqibatda hisobimizdagi ochkolar soni 1424,93 ga yetdi. Onlayn reyting jadvalida bir pog‘ona ko‘tarildik va ayni paytda 58-o‘rinni egallab turibmiz. KXDR esa 3 qator pastga tushib, 114-o‘ringa joylashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni 2025-yilning 20-martida, Toshkentda Qirg‘izistonni qabul qilish o‘laroq o‘tkazadi. Milliy jamoamiz A guruhida peshqadam Erondan (16) keyingi 2-o‘rinni (13 ochko) egallab turibdi.

Теги :
Jamiyat