$
 12902.00
8.93
 13428.40
41.53
 127.60
1.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Yashnobod tumani hokimi o‘ziga 62 million so‘m mukofot puli yozdi

yashnobod

Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov 2024-yil 25-oktyabr kuni “Yashnobod tumani mahalliy byudjetining 2024-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha shakllangan mablag‘larni xarajatga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan Yashnobod tumani hokimi 1-sektor rahbari B.Rahmonqulovning “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgani munosabati bilan pul mablag‘lari bilan taqdirlash maqsadida, tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha orttirilgan mablag‘lar hisobidan 61 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish belgilangan. Buning uchun Xalq deputatlari Yashnobod tuman kengashining 23-oktyabrdagi II-113-108-14-203-K/24-sonli qarori asos qilib ko‘rsatilgan.

Lightbox Image

Avval qaror yopiq bo‘lganmi?

E’tiborli jihati, Kengash qarorini imzolagan Baxtiyor Rahmonqulovning o‘zi. Kengash qarorida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda Yashnobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 9-sonli xulosasi va tuman hokimning birinchi o‘rinbosarining takliflarini inobatga olinganligi qayd etilgan.

Qiziq jihati, ikkala qarorga ham asossiz ravishda “XDFU” (xizmat doirasida foydalanish uchun) belgisi joylashtirilgan. Bundan taxmin qilish mumkinki, qarorlar dastavval yashirib qo‘yilgan va keyinchalik adliya bo‘limi tomonidan ochib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat