$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionlariga avtomobil beriladi

Onix

Kuni kecha Superliganing 24-turida “Nasaf“ o‘zining chempionlik taqdirlash marosimi o‘yinida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga yutqazib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda Bobur Abduxoliqovning goli inobatga olinmagan bo‘lsa, uchrashuvning 90-daqiqasida Doriyevning uzatmasidan keyin Stanislav Andreyev amaldagi chempion darvozasini ishg‘ol etib, Jizzax klubiga g‘alaba keltirdi – 1:0. Qiziqarlisi, Stanislav Andreyev 1311 kundan keyin yana O‘zbekiston Superligasida gol kiritdi. Ushbu natija o‘laroq “So‘g‘diyona” bu mavsumda “Nasaf”ni bir mavsumdagi ikki o‘yinda ham mag‘lub etgan yagona jamoaga aylandi va 40 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Qarshi klubi esa bahsdan keyin o‘z tarixidagi chempionlik sovrinini qabul qilib oldi.

Chempionlarga atalgan mukofotlar

Bundan bir hafta avval 2024-yilgi mamlakat kubogi finalida zafar quchib, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Jamoa, bundan tashqari, O‘zbekistonga xalqaro maydon uchun ajratilgan yo‘llanmalardan biriga ham ega chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Andijon” futbolchilari ushbu tarixiy sovrin uchun Andijon viloyati hokimligidan 100 million, bosh homiy “Uzavtosanoat”dan ham 100 million, jami 200 million so‘m mukofot puli olishgan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, mana shu 200 millionning 50 millioni hali futbolchilarga berilmagan edi. Bu savolga javob topilgach, o‘z-o‘zidan Qarshi jamoasi a’zolari chempionlik uchun qancha mukofot puli olgani haqidagi savol o‘rtaga chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Nasaf” klubi futbolchhilarining har biriga jamoa tarixidagi ilk chempionlik uchun Chevrolet Onix avtomobillari topshiriladi. Andijon viloyatidan farqli, Qashqadaryo klubining mukofot uchun topshirilayotgan mashinalarining moliyaviy manbasi hozircha ma’lum emas.  

Tarix yangilandi

“Nasaf” futbol klubi 23 o‘yindan keyin 52 ochko jamg‘arib, chempionat yakuniga 3 tur qolganda muddatdan avval O‘zbekiston chempioniga aylangan edi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘z tarixida ilk bor Superligada chempionlikni qo‘lga kiritib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi. Bungacha “Neftchi” 2001-yilda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, shundan keyin o‘tgan 23 yil davomida chempionlik faqat Toshkent klublariga nasib qilayotgan edi. Xususan, so‘nggi 5 yil davomida “Paxtakor” chempionlikni hech kimga bermay kelayotgandi. Qarshi klubi O‘zbekiston tarixida mamlakat chempioniga aylangan 8-jamoaga aylandi. Bunga qadar "Paxtakor" (16), "Neftchi" (5), "Bunyodkor" (5), "Lokomotiv" (3), "Do‘stlik" (2), MHSK (1), "Navbahor" (1) Superliga oltin medallariga ega chiqqandi. 

Berdiyevning armoni ushalgan va Elit Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan chempionlik

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf" ustozi sifatida ilk bor 2012-yilgi mavsumda ishga kirishgandi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoadagi 12-yillik faoliyati davomida 5 bor bronza, 3 bor kumush medallarini, 4 marotaba mamlakat kubogi va 2 karra Superkubokni qo‘lga kiritdi. Mutaxassis bugun nafaqat murabbiy balki futboldagi faoliyatidagi birinchi chempionligini nishonladi. Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" klubi 2025/2026-yilgi Elit Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Ta’kidlash lozimki, G‘arb mintaqasida yo‘llanmaga ega chiqqan dastlabki klubga aylandi. Sharq mintaqasida Koreya Respublikasi chempioni "Ulsan XD" klubi ham keyingi mavsum Elit OCHLda ishtirok etishi aniq bo‘lgan. "Nasaf" o‘tgan yil O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgani uchun bu mavsum OCHL2 musobaqasi guruh bosqichida o‘ynamoqda. 

O‘zbekiston Superkubogi-2025

2025-yilgi O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "ajdarlar" ilk bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan "Andijon" klubiga qarshi maydonga tushishadi. Bu natija orqali "Nasaf" o‘z tarixida 4 marta Superkubok uchun o‘yinda ishtirok etgan va 2 marta g‘olib bo‘lgan. "Andijon" esa birinchi marta Superkubok uchun o‘yinda ishtirok etadi.

Теги :
Jamiyat