Dunyo bo‘ylab mehnat muhojirlari global ishchi kuchining 4,7 foizini tashkil etadi
Shuningdek, mehnat muhojirlarining 18,9 foizi parvarishlash xizmatida ishlaydi.
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat muhojirlari global ishchi kuchining 4,7 foizini tashkil etib, iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Ularning ko‘pchiligi yuqori daromadli mamlakatlarda va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. Xususan, 18,9% mehnat muhojirlari parvarishlash xizmatini ko'rsatadi.
Ish haqi va bandlik sifatidagi tengsizlik
Muhojirlarning bandlik darajasi mahalliy ishchilarnikidan yuqori bo‘lsa-da, ish haqi va bandlik sifatidagi tengsizlik saqlanib qolmoqda, ayniqsa ayol mehnat muhojirlari uchun. Turli mintaqalar o‘rtasida ham migrantlarning ish bilan ta’minlanish darajasida farqlar mavjud.
Mehnat muhojirlari taqsimoti hududlar kesimida
Xalqaro mehnat muhojirlarining mehnat bozoridagi taqsimoti 2022-yilda hududlar bo‘yicha turlicha bo‘lgan. Shimoliy Afrikada ularning ulushi 0,7 foizni tashkil etgan, sahro janubidagi Afrika mamlakatlarida esa 7,8 foizga yetgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasida bu ko‘rsatkich 4,7 foizni, Shimoliy Amerikada esa 22,6 foizni tashkil etgan. Arab davlatlarida mehnat muhojirlarining ulushi 13,5 foizni tashkil qilgan.
Osiyo va Tinch okeani havzasida ulushlar Sharqiy Osiyoda 3,7 foiz, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasida 8,3 foiz, Janubiy Osiyoda esa 4,2 foiz. Yevropa va O‘rta Osiyo hududida mehnat muhojirlarining ulushi G‘arbiy Osiyoda 4,5 foiz, Sharqiy Yevropada 6,7 foiz, Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Yevropada esa 23,3 foizni tashkil etgan.
Bandlik sohalari bo‘yicha taqsimot
Band mehnat muhojirlarining sohalar bo‘yicha taqsimoti ham farqlanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida erkaklarning ulushi 60,7 foiz, ayollarning ulushi esa 80,7 foizni tashkil qilgan, umumiy ulush esa 68,3 foizga yetgan. Sanoat sohasida erkaklarning ulushi 31,7 foiz, ayollarning ulushi 12,2 foiz, umumiy ulush esa 24,3 foizni tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligida esa erkaklarning ulushi 7,6 foiz, ayollarning ulushi 7,1 foiz bo‘lib, umumiy ulush 7,4 foizni tashkil qilgan.



