$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

1-dekabrdan xorijliklar Rossiyaga kirishda biometrik ma’lumotlarini topshirishi shart: Migrantlar uchun nimalar o‘zgaradi?

aeroport

1-dekabrdan e’tiboran, Rossiyaga kirayotgan xorijlik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining biometrik ma’lumotlarini – barmoq izlari va yuz tasvirini topshirishlari shart bo‘ladi. Ushbu qaror 7-noyabr kuni Bosh vazir Mixail Mishustin tomonidan tasdiqlandi.

Bu migrantlar uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi? Yangi tartibning afzalliklari va kamchiliklarini ekspert fikrlari asosida sharhlab ko‘ramiz.

Biometrik ma’lumotlarni topshirish nima va kimlar undan mustasno?

Biometrik ma’lumotlar qatoriga barmoq izlari va yuz tasvirini topshirish kiradi. Bu Rossiyaga kirishda xorijliklarni yanada yaxshiroq nazorat qilish va ularning raqamli profilini yaratish imkonini beradi. Bu amaliyot birinchi bosqichda Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy aeroportlari va Orenburg viloyatidagi Mashtakovo nazorat punktida sinov tariqasida joriy etiladi. 2025-yilga kelib, barcha chegara punktlarida qo‘llaniladi.

Qonun quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

 • Belarus fuqarolari,

 • Diplomatlar va xalqaro tashkilotlar xodimlari,

 • Diplomatik pasport egalari va ularning oila a’zolari,

 • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Migrantlar uchun nimalar o‘zgaradi?

1-dekabrda joriy etilgan tartib migrantlarning Rossiyaga kirish jarayonida quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:

Chegaradan o‘tish jarayoni uzayadi:

Biometrik ma’lumotlarni olish vaqt talab qiladi. Chegarada 5-10 daqiqalik jarayon 15-20 daqiqagacha cho‘zilishi mumkin. Bu, ayniqsa, aeroportlarda reyslar vaqtidagi kechikishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Hujjatlar tizimining modernizatsiyasi:

Biometrik ma’lumotlar yig‘ilishi bilan, Rossiya idoralaridagi ma’lumotlar yagona tizimga birlashtiriladi. Bu kelgusida muhojirlarning hujjatlarni tasdiqlash, INN olish yoki boshqa rasmiy jarayonlarini soddalashtiradi.

Tilni bilmaslik mamlakatga kirishda to‘siq bo‘lishi mumkin

Chegarachilar biometrik ma’lumotlarni yig‘ish vaqtida beradigan buyruqlarni tushunmaslik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Rossiyada yashovchi huquqshunos Zarnigor Omonillayeva yozmoqda: “Tilni bilmaydiganlar chegarachi biometrik ma’lumotlarni olish vaqtida qo‘lingni ber, barmog‘ingni bos, o‘ngga qara, chapga qara, deb aytayotgan buyruqlarini tushunmay, bajarishda qiynals,a unda Rossiyaga kiritmay qo‘yishlari mumkin. Chunki ayniqsa tilni bilmaydigan yigitlarni juda ko‘p kiritmayotgan holatlari kuzatilyapti.”

Jarayon qanday amalga oshiriladi?

Biometrik ma’lumotlar yig‘ish chegara punktlarida maxsus texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi:

 • Barmoq izlari: Maxsus skaner yordamida olinadi.

 • Yuz tasviri: Suratga olish yo‘li bilan qayd etiladi.

Shuningdek, ayrim holatlarda qo‘shimcha ravishda genetik ma’lumotlar (so‘lak namunasi) olinishi mumkin, ammo bu hozircha ixtiyoriy variant sifatida ko‘rsatilgan.

Vahimaga hojat yo‘q

Zarnigor Omonillayeva biometrik ma’lumotlarni topshirish jarayoniga vahima qilishga hojat yo‘qligini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, bu jarayon patent rasmiylashtirayotgan migrantlar uchun allaqachon tanish bo‘lib, amaliy o‘zgarish faqat tekshiruv vaqtining cho‘zilishi bilan cheklanadi.

“Qonuniy hujjatlarga ega bo‘lgan migrantlar uchun xavotirga asos yo‘q”, — deydi huquqshunos.

Migratsiya bozoriga ta’siri qanday?

Biometrik ma’lumotlarni yig‘ish tartibi Rossiyada yashashni rejalashtirayotgan xorijliklar uchun quyidagi ta’sirlarni ko‘rsatishi mumkin:

 • Chegarada uzoq navbatlar: Ayniqsa, yirik aeroportlarda o‘tish jarayoni uzoqroq davom etishi mumkin.

 • Huquqbuzarlarga qarshi chora: Tartib noqonuniy migrantlarning aniqlashni osonlashtiradi.

 • Hujjatlar soddalashishi: Barcha idoralarda yagona tizim joriy etilishi bilan hujjatlar bilan bog‘liq muammolar qisqaradi.

Migrantlar nimalarga tayyor bo‘lishi kerak?

Biometrik ma’lumotlarni yig‘ish tartibi noqonuniy migratsiyani cheklash uchun qo‘shimcha choralar sifatida ko‘rilmoqda. Rossiyaga kirish jarayonida xorijliklardan barmoq izlari va yuz tasviri olinishi ulardan qonuniy asosda hujjatlar taqdim etishni talab qiladi. Xususan, hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lishi va til bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu noqonuniy migrantlar uchun qo‘shimcha to‘siq bo‘lishi kutilmoqda, lekin qonuniy migrantlarga kelgusida Rossiyada ko‘chib yurish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat