$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskva va Toshkent munosabatlarining “kelajagi” hal bo‘ldi

Mudofa

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzolaganini ma’lum qildi

21-yanvar kechasi O‘zbekistonga kelgan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bugun, 22-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimda hujjatlar harbiy idoralar rahbarlari Shuhrat Xolmuhamedov va Andrey Belousov tomonidan imzolangan. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi ikki mamlakat harbiy idoralari faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 50 ta qo‘shma tadbirni o‘z ichiga oladi.

Moskva va Toshkent hamkorligi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda boshqarma rahbari Shuhrat Xolmuhamedov O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidlaydi. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Rossiya va O‘zbekiston strategik hamkorlar va uzoq yillik do‘stlar ekanini ta’kidlab, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajadagi o‘zaro anglashuvga erishdi va kengayishda davom etishini aytgan. 

Belousov Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi

Shundan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ham Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qilganini ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya prezidentining 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

O‘zbekiston kompaniyalariga qarshi cheklovlar

2024-yilda Buyuk Britaniya va AQSh hukumati Rossiyaga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi. Xuddi shunday tarzda AQSh moliya vazirligi ham o‘zining sanksiya ro‘yxatiga O‘zbekistonning ikki kompaniyasini kiritgan. Bular: Uzstanex va The Elite Investment Group. Ikkala firma ham AQShning savdo taqiqlarini buzgan holda Rossiyaga dastgohlar va elektr transformatorlari kabi sanksiyalangan mahsulotlarni yetkazib berishda ayblangan. AQSh moliya vazirligi xodimi Uolli Adeyemo Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiya tomonidan harbiy maqsadlarda, xususan, Ukrainadagi maxsus operatsiya doirasida foydalanishi mumkin bo‘lgan asosiy texnologiya va uskunalar yetkazib berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish niyatida ekanini bildirgan.

Теги :
Jamiyat