Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

MDH davlatlarining yagona havo mudofaa tizimi yaratiladi

MDH mamlakatlarining bosh vazirlari Moskvada bo‘lib o‘tgan majlisda yagona havo mudofaa tizimini yaratish uchun mablag‘ ajratishga kelishib oldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Havo mudofaa tizimi

MDH mamlakatlarining bosh vazirlari Moskvada bo‘lib o‘tgan majlisda yagona havo mudofaa tizimini yaratish uchun mablag‘ ajratishga kelishib oldi.

Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hukumat rahbarlari majlisi 

13-dekabr kuni Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi. Majlisda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin, Belaru Bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov, A Bosh vaziri Nikol Pashinyan, video murojaat orqali Kuba Bosh vaziri Manuel Kruz qatnashgan. 

Havo hujumidan mudofaa yagona tizimi

Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi 2025-yilda Hamdo‘stlik davlatlarining havo hujumidan mudofaa yagona tizimini yaratish va rivojlantirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Hujjatlarni imzolash marosimida MDH davlatlari hukumat rahbarlari, shuningdek, mablag‘lardan havo hujumidan mudofaa yagona tizimini yaratish va rivojlantirish hamda MDH Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishgan.