$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 76 foizga yetkazildi

bog

2024-yilda maktabgacha ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakat bo‘ylab 4 644 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilib, qo‘shimcha 170 mingdan ortiq bola uchun o‘rin yaratildi. Endilikda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash qamrovi esa 96 foizga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.

Kasb-hunar va xorijiy tillarga e’tibor

2024-yilda kasb-hunar ta’limi joriy etilgan maktablar soni 289 taga yetkazildi. Shuningdek, yangi baholash tizimi tatbiq etilgan maktablar soni 1 500 ta bo‘ldi. Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar esa 354 taga yetdi.

Mamlakatda xorijiy tillarni rivojlantirish uchun 500 nafar xorijiy davlatlardan kelgan mutaxassislar jalb qilindi. B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilarining soni 29 mingdan oshdi.

O‘qituvchilar malakasi oshirilmoqda

Pedagoglarning malakasini oshirish tizimi tubdan o‘zgartirildi. 2024 yilda 340 mingga yaqin o‘qituvchi yangi tartib asosida malaka sinovlaridan o‘tkazildi. Birinchi marta ishga qabul qilingan 13 mingga yaqin stajyor-o‘qituvchilar esa kasbiy sertifikatsiyadan o‘tdi.

2024-yilda umumta’lim maktablari uchun 132 nomdagi yangi darsliklar yaratilib, 40 milliondan ortiq nusxada chop etildi. Shuningdek, davlat bog‘chalari uchun 49 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar taqdim etildi.

Maktablar infratuzilmasini yaxshilash uchun 62 milliard so‘mlik sport jihozlari va 46 milliard so‘mlik milliy musiqa cholg‘u asboblari xarid qilindi. Buning natijasida o‘quvchilarning nafaqat bilim olish, balki sport va san’at sohalarida o‘zini rivojlantirish imkoniyatlari kengaydi.

Inklyuziv ta’lim kengaymoqda

Inklyuziv ta’lim tizimi mamlakatning 947 ta maktabida joriy qilindi. Ushbu dastur doirasida 2 mingga yaqin o‘quvchi maxsus ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan dasturlarga qamrab olindi. Toshkent, Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida “Mehrli maktab” filiali faoliyat yurita boshladi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 104 ming nafar o‘quvchi xalqaro IT sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu raqam raqamli texnologiyalarni yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijadorligini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro fan olimpiadalari

2024 yilda o‘zbek o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida umumiy 128 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallari bilan mamlakat sharafini munosib himoya qildi.

Bundan tashqari, 400 dan ortiq maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlanib, 105 mingdan ortiq yangi o‘quv o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, 115 ta nodavlat maktab tashkil etilishi natijasida yana 40 ming o‘quvchi o‘rni taqdim etildi.

Теги :
Jamiyat