$
 12793.38
-10.43
 13595.52
-81.51
 130.73
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskva osmonida keskin lahzalar: Ukrain dronlari O'zbekistondan kelayotgan yo‘lovchi samolyotni urib tushirishiga sal qoldi

moscow

Bugun Moskva yaqinida uchayotgan Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Ukrainadan kelgan dronlar hujumiga uchradi. O'zbekistondan Sheremetyevoga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyot oxirgi daqiqada uchta dron bilan to‘qnashuvdan qochdi.

10-noyabr kuni ertalab Moskva vaqti bilan soat 9:37 da qo‘nishi kerak bo‘lgan Airbus A320 samolyoti dron hujumiga duch kelganida oxirgi daqiqalarda xavfdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya havo mudofaasi tomonidan dronlar urib tushirildi va samolyot Sheremetyevoga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ushbu voqea natijasida boshqa ko‘plab samolyotlar zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.

Dron tahdidining boshqa parvozlarga ta’siri

Dron hujumi oqibatida 8 ta boshqa samolyotlar zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi, jami 36 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu hodisa Moskva aeroportlaridagi reyslarda katta kechikishlarga olib keldi va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kuchaytirishga majbur qildi.

Kuchaytirilgan tekshiruvlar

Migrant.uz nashriga intervyu bergan o‘zbekistonliklar Jukovskiy aeroporti o‘rniga Vnukovoga qo‘nganliklarini va aeroportda kuchaytirilgan tekshiruvlar tufayli 5-6 soatdan buyon Rossiyaga kira olmayotganliklarini ta’kidlashdi. Ular aeroportda tiqilinch bo‘lib, ko‘plab odamlar uzoq kutishga majbur bo‘lganini bildirishgan.

 Hozirgi vaziyat va cheklovlarning bekor qilinishi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sheremetyevo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida uchish va qo‘nish cheklovlari olib tashlandi. Shu bilan birga, xavfsizlik choralari kuchaytirilib, "kovyor" rejasi joriy etildi.

Теги :
Jamiyat