$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Barcha uchun muhim moliyaviy raqamlar

positive

Barcha uchun muhim moliyaviy raqamlar

Adliya vazirligi barcha uchun muhim raqamlar to‘plamini taqdim etdi.

Moliyaviy bilimlar

Bugungi kunda O‘zbekistonda yashovchi har bir shaxs o‘z huquq va imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishi zarur.

Bunga esa siz talab qila oladigan moliyaviy raqamlar ham kiradi.

Pul mablag‘lariga oid raqamlar

O‘zbekiston hududida yashovchi fuqarolar uchun tegishli moliyaviy raqamlar to‘plamini Adliya vazirligi taqdim qildi.

Bular:

1. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

2. Bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m; 

3. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

4. Yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;

5. Nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;

6. Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

7. Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;

8. Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 so‘m;

9. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 648 000 so‘m.

Теги :
Jamiyat