$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston moliya tizimiga qanday xatarlar xavf solmoqda?

Moliya

Markaziy bank 2024 yil uchun moliyaviy barqarorlik sharhini e’lon qildi.

Regulyator 2024 yil iyun oyida O‘zbekiston moliya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tizimli xatarlarni aniqlash hamda ularning ta’sir ko‘lamini baholash maqsadida 35 ta tijorat banklari (respondentlar) orasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazgan.

Qanday xatarlar mavjud?

Har bir respondent tomonidan qayd etilgan 5 ta eng muhim tizimli xatarlar to‘plamining 45 foizi tashqi geosiyosiy xatarlar, 37 foizi valyuta kursining keskin o‘zgaruvchanligi, 35 foizi aholi qarz yukining ortishi, 33 foizi inflatsiya sur’atining tezlashishi, 24 foizi kiberhujumlar bilan bog‘liq xatarlardan iborat.

Shuningdek, mamlakat moliyaviy tizimi barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xatarlar qatoriga yirik qarz oluvchilar defolti, iqtisodiy pasayish, likvidlilik xavfi, ko‘chmas mulk narxlari pasayishi hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar kiritilgan. Respondentlarning 46 foizi tizimli xatarlarning sodir bo‘lish ehtimollik darajasini qisqa muddatda (1 yilgacha) past, 43 foizi esa o‘rtacha baholagan. Shu bilan birga 51 foiz respondentlar o‘rta muddatli (1–3 yil) istiqbolda ushbu tizimli xatarlarning sodir bo‘lish ehtimoli o‘rtacha, 31 foizi esa yuqori bo‘lishini kutmoqda.

Moliyaviy barqarorlikka ishonuvchilar qancha?

Respondentlarning 63 foizi o‘tgan qisqa davr uchun tizimli xatarlar darajasi o‘rtacha bo‘lganini, 54 foizi esa o‘tgan 1-3 yillar davomida ham o‘rtacha xatar darajasi saqlanib qolayotganini ta’kidlagan. 

Shu bilan birga, respondentlarning 60 foizi keyingi 3 yil davomida O‘zbekiston moliya tizimi barqarorligiga yetarlicha ishonch bildirgan. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga nisbatan 14 foiz bandga pasayganini ifodalaydi. Bundan tashqari, moliya tizimi barqarorligiga qisman ishonishini ta’kidlagan respondentlarning ulushi 37 foizni tashkil etgan.

Kreditga boʻlgan talab oshgan

Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining so‘nggi yarim yillikdagi o‘zgarishlari bo‘yicha so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 57 foizi kreditga bo‘lgan talab oshganini ta’kidlagan. Shuningdek, respondentlarning 46 foizi qisqa muddatli moliyalashtirish manbai oshganini qayd etgan. O‘z navbatida, respondentlarning 37 foizi uzoq muddatli moliyalashtirishning mavjudligi hamda banklararo likvidlilik holati ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan deya baholagan.

Теги :
Jamiyat