O‘zbekistonda qancha oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi?
Ma'lumot uchun, jami oilalarning 12 foiziga ushbu mablag‘ to‘lanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ma'lumot uchun, jami oilalarning 12 foiziga ushbu mablag‘ to‘lanadi.
1 million ortiq oila ro‘yxatga kirgan
Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida jami 9 729 960 nafar oila mavjud. Shularning 1 209 936 nafari ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar hisoblanadi. Bu haqida Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumot berdi (https://t.me/ijtimoiyhimoya_official/1436).
Nafaqalar ko‘rsatkichi
Ushbu oilalarga may oyida jami 584 354,3 million so‘m mablag‘ to‘langan. Shundan 1 170 580 nafar oilaga 569 555,3 million so‘mlik bolalar nafaqasi, 39 356 nafar oilaga esa 14 799,0 million so‘m moddiy yordam berilgan.
Foiz ko‘rsatkichlari
O‘zbekistonning jami oilalari soniga nisbatan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarning ulushi 12%ni tashkil etadi.



