Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Toshkent 2025-yilgi Mobile 360 konferensiyasiga mezbonlik qiladi

IT-kompaniyalar, texnologiya yetakchilari va xalqaro mutaxassislarni birlashtiradigan bu voqea Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil qilinmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent 2025-yilgi Mobile 360 konferensiyasiga mezbonlik qiladi

2025-yilda Markaziy Osiyoda ilk bor xalqaro Mobile 360 Eurasia konferensiyasi boʻlib oʻtadi va Toshkent unga mezbonlik qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qatar raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.

Qatar bilan raqamli hamkorlik

Unga ko‘ra, Qatar bilan hamkorlik bu borada strategik ahamiyatga ega. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar IT, ta’lim, sarmoya va savdo-iqtisodiy sohalarni qamrab olgan. Ayniqsa, axborot texnologiyalari yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va IT-mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha imkoniyatlar faol ko‘rib chiqilmoqda.

Mobile 360 Eurasia

2024-yil 16-20-noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Mobile 360 Eurasia xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Unda mamlakatning raqamli transformatsiya strategiyalari, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va IT sohasini rivojlantirish borasidagi yondashuvlari namoyish etiladi.

Ushbu tadbir davomida Qatarning bir qator nufuzli tashkilotlari, jumladan, Qatar Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi, Qatar fan va texnologiyalar parki hamda Qatar taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Bu uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent mezbonligi

2025-yilda Toshkentda Mobile 360 Eurasia konferensiyasining o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu voqea Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilmoqda. Mazkur tadbir IT-kompaniyalar, texnologiya yetakchilari va xalqaro mutaxassislarni birlashtiradi.