$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston tarixidagi ilk UFC jangchisining yangi ligadagi raqibi ma’lum

 Mahmud Murodov

21-sentyabr kuni Chexiyaning Brno shahrida Oktagon 61 turniri bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, turnir doirasida o‘ UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov ham jang qiladi. Liga matbuot xizmatining xabar berishicha, Mahmudga musobaqada angliyalik Skott Asxem raqiblik qiladi.

Murodov va UFC

Ma’lumot o‘rnida, Mahmud Murodov 2019-yilda UFC jangchilari safiga qo‘shilgan. U tashkilotda jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlardan 4 tasida g‘alaba qozongan, 2 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Murodov ishtirokidagi 1 ta jang esa o‘tkazilmagan, deb topilgan. Ta’kidlash joiz, Mahmud Murodov UFC’dagi faoliyatining oxirgi vaqtlarida mashhurroq jangchilarga qarshi bahslarni turli sabablarga ko‘ra bekor qilavergani bois, tashkilot uni a’zolikdan chetlatgandi. Biroq Murodov promoushenda yaxshigina nomga ega bo‘lgani uchun keyinchalik UFC uni yana o‘z jangchilari qatoriga qo‘shishi mumkin.