$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

“Mikrokreditbank” Xitoy yuani bo‘yicha xalqaro hisob raqamini ochdi

BNY Mellon

2025-yil 31-iyul kuni “Mikrokreditbank” ATB AQShning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri — Bank of New York Mellon bilan hamkorlik doirasida Xitoy yuani (CNY)da korrespondentlik hisob raqamini ochdi.

Savdo va iqtisodiy aloqalar uchun yangi imkoniyatlar

Mazkur hisob raqami orqali Xitoy kompaniyalari bilan to‘lovlar bevosita amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Bu esa O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini osonlashtirib, import-eksport operatsiyalarini tezlashtiradi.

Bank endilikda CNYda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu “Mikrokreditbank”ning xalqaro moliya bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishi bilan birga, global moliyaviy infratuzilmasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yangi imkoniyat tufayli yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov tizimi tezkor, samarali va xavfsiz bo‘ladi. Ayniqsa, Xitoy bilan savdo qilayotgan tadbirkorlar bundan katta iqtisodiy foyda ko‘rishi mumkin.

Strategik ahamiyatga ega qadam

BNY Mellon bilan hamkorlik O‘zbekiston moliya sektori uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat moliyaviy infratuzilmani mustahkamlashга, balki mamlakatning xalqaro iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

BNY Mellon haqida

BNY Mellon — dunyodagi eng yirik va eng qadimiy banklardan biri bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Yuandagi hisob raqami ochilishi bankimizda nafaqat moliyaviy infratuzilmani mustahkamlaydi, balki O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida yangi bosqichni boshlab beradi. 

Umuman olganda, bu qadam “Mikrokreditbank” ATBning xalqaro miqyosda o‘sishini ta’minlashga va O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Reklama huquqlari asosida