$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Insonlarda ko’rish sifati keskin pasayganligi sababli 2050-yilga kelib, aholining 50 foizi miopiyadan aziyat chekadi

positive

Insonlarda ko’rish sifati keskin pasayganligi sababli 2050-yilga kelib, aholining 50 foizi miopiyadan aziyat chekadi

Bunga gadjetlar va elektron qurilmalardan haddan ortiq ko’p foydalanish sabab bo’lmoqda.

Miopiya davolanmasligi ko’rlik xavfini oshiradi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gadjetlardan ko‘p foydalanish va ochiq havoda faollikning kamayishi uzoqni ko‘ra olmaslik (miopiya) kuchayishiga sabab bo‘lgan omillardan bo‘lib, davolanmasa, ko‘rlik xavfini oshiradi.

El Pais nashri ko’rish bilan bog’liq prognozlarni e’lon qildi. Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlarda o‘rta maktabni tugatgan bolalarning taxminan 80 foizi ko‘rish nuqsonidan aziyat chekmoqda va ularning 10% dan 20% gachasi yaqinni ko‘ra olmaydi.

Kelajakda har 3 kishidan 2 tasi uzoqni ko’rolmaydi

Shuningdek, 2016-yilda o‘tkazilgan ilmiy tahlil 21-asr boshida 1,4 milliard odam uzoqni ko‘ra olmasligini aniqlagandi va bu raqam 2050-yilga borib 4,7 milliardga yetishini bashorat qildi. Bu dunyo aholisining deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi, garchi hududlar bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lsa-da: asrning o‘rtalariga kelib, Sharqiy Afrikada miopiyaning tarqalishi 23% dan past bo‘ladi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yuqori daromadli mamlakatlarda esa, har uch kishidan ikkitasi kasallikdan aziyat chekishi taxmin qilinmoqda.

Ispaniyada o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo’ldiki, besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarda miopiyaning tarqalishi 19% ni tashkil qiladi, ammo 2030-yilga kelib u 30% ga yetadi.

Shuning bilan birga, ko‘rishning ortga qaytmas yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlar rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. Gap katarakta, glaukoma, to‘r pardaning ko‘chib tushishi haqida bormoqda. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarda miopiyaning og‘ir holatlari sariq dog‘ degeneratsiyasi rivojlanish ehtimolini 41 foizga oshiradi. Bu, esa yosh o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

20-20-20 qoidasi

Oftalmologlar odamlarni “20-20-20” qoidasiga amal qilishga chaqirmoqda: Har 20 daqiqada 20 fut uzoqlikda, ya’ni taxminan olti metr masofada joylashgan biror narsaga 20 soniya davomida qarab turish lozim. Shuningdek, bolalarni, yoshlarni gadjetdan foydalanishda ko‘zga yaqin tutmaslikligini nazorat qilish va ekranni yaxshi yoritilishini, qorong‘uda foydalanmasligini va tanaffus qilishini ta’minlash kerak.

Теги :
Jamiyat