$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

DXX qonunbuzar kriptovalyutachilarni qo‘lga oldi

mayning

Mayning qurilmalaridan hamda elektr tokidan noqonuniy foydalanganlar davlat manfaatlariga katta zarar yetkazdi.

Kriptovalyuta mayningi va tezkor tadbir

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi, IIB va O‘zenergo xodimlari bilan birgalikda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Milliardlab zarar

Tadbir davomida Farg‘ona shahar Beglar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida umumiy foydalanishda bo‘lgan elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, 15 ta mayning qurilmasi yordamida kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani aniqlandi va buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 milliard 118 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Boshqa bir holatda, Beshariq tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida 5 dona "Antminer L 3+" qurilmasi yordamida kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan va davlat manfaatlariga 236 million 500 ming so‘m zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.